11:31 / 23.12.2017
8423

31 kg kokain. Bayrut aeroportida 80 yoshli ayol qo‘lga olindi

Foto: Flickr

Livan poytaxti Bayrut aeroportida bojxona xizmati xodimlari yo‘lovchilardan biri bo‘lgan ayolning yonidan 31 kilogramm kokain giyohvandlik moddasini topishdi. Bu haqda IOL xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayol Bayrutga Parij orqali reys bilan Venesueladan uchib kelgan. Giyohvand moddalar esa yuklarning ichida yashirib qo‘yilgan.

Xabar qilinishicha, ayol 80 yoshdan katta bo‘lgan.

Livan moliya vaziri Ali Hasan Xalilning ta'kidlashicha, bu mamlakatda kokainni musodara etish bo‘yicha eng yirik amaliyotdir.

Mavzuga oid
Top