10:59 / 23.12.2017
4240

90 kishi. Filippinda ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni oshmoqda

Foto: Reuters

Filippin janubida tropik po‘rtanadan so‘ng yuzaga kelgan ko‘chkilar va suv toshqinlari oqibatida taxminan 90 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. 

Hukumat ma'lumotlariga qaraganda, halok bo‘lganlarning barchasi Mindanao orolidan bo‘lgan.

«Biz fermerlik qishlog‘i to‘fon sabab yuzaga kelgan kuchli yomg‘irlar tufayli sodir bo‘lgan ko‘chkilar tagida qolib ketganiga oid ma'lumotni tasdiqlashga harakat qilmoqdamiz», - deya aytib o‘tgan Tabod shahri ma'muriyati vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinda yuz bergan ko‘chkilar va suv toshqinlari natijasida 27 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Top