10:10 / 23.12.2017
4364

Yaponiya ikkita sun'iy yo‘ldoshga ega raketani fazoga uchirdi

Foto: Jiji Press

Yaponiya N-2A raketa-tashuvchisi yordamida fazoga “Sikisai” (GCOM-C) va “Tsubame” (SLATS) sun'iy yo‘ldoshlarini uchirdi. Bu haqda Yaponiyaning JAXA koinot agentligi ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, “Sikisai” meteorologik yo‘ldoshi 800 km balandlikdagi orbitaga olib chiqiladi, uning vazifasiga atmosfera va bulutlardagi mikroskopik changni o‘lchash kiradi. Bundan tashqari, sun'iy yo‘ldosh karbonat angidridning o‘simliklar tomondan yutilishi darajasini o‘lchaydi. 

“Tsubame” (Super Low Altitude Test Satelite, SLATS) sun'iy yo‘ldoshi esa tajribaviy bo‘lib, olimlar qurilma atmosfera qarshiligi yuqori bo‘lgan 200-300 km balandlikdagi orbitada qanchalik barqaror ishlashini aniqlashmoqchi.

Raketa parvozining e'tiborli jihati shundaki, sun'iy yo‘ldoshlar turli vaqtda va turli orbitalarda ajraladi. 

Mavzuga oid
Top