O‘zbekiston | 17:08 / 23.12.2017
13871
1 daqiqa o‘qiladi

Avgustning birinchi yakshanbasi Temiryo‘lchilar kuni deb e'lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 20 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunga imzo chekdi.

Qonun 2017 yil 19 oktabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va 2017 yil 20 dekabrda Senat tomonidan tasdiqlandi. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan (21 dekabr 2017 yil) e'tiboran kuchga kiradi.

Avgustning birinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l transporti xodimlari kuni etib belgilanmoqda, deyiladi qonunda.

Mavzuga oid