08:56 / 23.12.2017
5753

Falcon 9 raketasi 10 ta sun'iy yo‘ldosh bilan koinotga uchirildi

Foto: John Raoux

Kaliforniyada Falcon 9 raketa-tashuvchisi bortida 10 ta Iridium aloqa yo‘ldoshi bilan birga koinotga uchirildi.

Raketa parvoziga 23 dekabr Toshkent vaqti bilan soat 06:27da Vandenberg kosmodromidan start berilgan. Raketa avval qo‘llangan birinchi pog‘ona bilan uchirildi. Bu gal SpaceX kompaniyasi birinchi pog‘onani saqlab qolmaslikka qaror qildi.

Iridium NEXT sun'iy yo‘ldoshlari orbitada avvalgi avloddagi sun'iy yo‘ldoshlarning o‘rnini egallaydi. SpaceX kompaniyasi Iridium Communications bilan shartnomaga ko‘ra koinotga 70 dan ko‘proq qurilmani olib chiqishi kerak. Bu parvoz SpaceX Iridium’ning qurilmalarini koinotga olib chiqayotgan 4-parvoz va avval qo‘llangan birinchi pog‘ona bilan amalga oshirilayotgan 2-parvoz hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top