15:28 / 23.12.2017
23490

Hibsga olingan shaxslarga nisbatan ruhiy hamda jismoniy bosimga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi - Prezident 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaat qildi. Davlat rahbari unda hibsga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlangan majlisda ta'kidlanganidek, bundan buyon O‘zbekistonda hibsga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish, ruhiy hamda jismoniy bosim o‘tkazish, boshqa g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikka mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. 

Bunday harakatlarni sodir etgan xodim yoki kimningdir “buyurtmasi”ni bajargan har qanday shaxs, kim bo‘lishidan qat'i nazar, muqarrar qonuniy jazoga tortiladi. Mahkumlar huquqlarini ta'minlaydigan qo‘shimcha mexanizmlar yaratishni hisobga olgan holda, jinoyat-ijro qonunchiligini yanada takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. 

Jazoni ijro etish muassasalari tizimini tanqidiy o‘rganish va tubdan takomillashtirish doirasida 2018 – 2022 yillarda tegishli chora-tadbirlar dasturini qabul qilish rejalashtirilmoqda. Inson huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida barcha vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Top