08:44 / 23.12.2017
18540

Ikki koalaning “mushtlashuvi” yo‘lda tirbandlik keltirib chiqardi (video)

Internetda Avstraliyadagi avtomobil yo‘lining o‘rtasida mushtlashayotgan ikki koala videosi paydo bo‘ldi.

Ushbu mushtlashuv Adelaida yaqinida yuz bergan. Rolik muallifining aytishicha, koalalarning mushtlashuvi sababli yo‘lda tirbandlik yuzaga kelgan. Haydovchilar koalalarni avtomobil signallari bilan haydab yuborishga xarchand urinmasinlar, ular mushtlashuvni davom ettiraverganlar. Oxir-oqibat koalalar mushtlashishdan zerikib, o‘zlari yo‘ldan ketganlar.

Video YouTube’da qizg‘in muhokama qilina boshlangan. “O‘ziga aqlbovar qilmas ishonch”, deb yozgan bir foydalanuvchi. “Hattoki eng muloyim hayvonlar ham yilning bu faslida asabiy bo‘lib qoladilar”, deb yozgan Kould B. “Uzr, ikkita mushtlashayotgan koala deb, ishga kech qoldim”, deb hazil qilgan fragglepuppies.

1 dekabrdan Avstraliyada yoz fasli boshlangan. 

Mavzuga oid
Top