00:25 / 23.12.2017
10987

Isroil bir qator davlatlar bilan Al-Quds bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Isroil bir necha davlat bilan ular elchixonalarining Al-Qudsga ko‘chirilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu SNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

U boshqa davlatlar ham AQSh ortidan Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olishlariga ishonch bildirdi. “Biz hozir AQSh ta'kidlaganini aytish va o‘z elchixonalarini Al-Qudsga ko‘chirish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgan bir nechta davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, deb aytgan Netanyaxu.

U gap qaysi davlatlar haqida ketayotganini aytishdan bosh tortgan. “Men buni aytishim mumkin, biroq aytmayman, chunki muvaffaqiyatga erishilishini istayman va bunga katta imkoniyatlar bor, deb o‘ylayman”, deb qo‘shimcha qilgan Isroil bosh vaziri. 

Mavzuga oid
Top