Mirziyoyev Toshkent Sity’ning takomillashtirilgan loyihasi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida bunyod etilayotgan Toshkent Sity xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashtirilgan loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bugun prezident tashabbusi bilan mamlakatga xorijlik investorlarni jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. Dunyo tajribasida ishbilarmonlar uchun umumiy majmua sifatida biznes markazlari yaratish tajribasi keng qo‘llaniladi. Bu ularning samarali faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Poytaxtda barpo etilayotgan xalqaro ishbilarmonlik markazi ham zamonaviy va qulayligi jihatidan noyob loyiha, deya baholanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 28 oktabr kuni Toshkent Sity xalqaro ishbilarmonlik markazi barpo etilayotgan hududda bo‘lib, buyurtmachi va quruvchilar oldida turgan vazifalar, tashkiliy va moliyaviy masalalarni joyida muhokama qilgan, loyihalarni yanada takomillashtirish, qurilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
Davlat rahbari topshiriqlar ijrosi yuzasidan takomillashtirilgan loyihalarni yana bir bor ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 iyuldagi «Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent Sity xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi obektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha direksiya tuzilgan.
Davlatimiz rahbari xalqaro ishbilarmonlik markazining ma'muriy binosida bo‘ldi. Bu yerda yaratilayotgan loyihalar, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Toshkent Sity xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashgan konsepsiyasiga ko‘ra, bino va inshootlar turli qurilish tashkilotlari tomonidan barpo etilmoqda. Loyihalarni mamlakat ishbilarmonlari Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.
Prezident qurilishga jalb qilingan investorlar bilan suhbatlashdi. Ularning fikrlari va tashabbuslari bilan qiziqdi.
Bugun xalq tilida "shahar ichidagi shahar", deya e'tirof etilayotgan markaz qurilishi ikki bosqichda yaqin to‘rt yilda yakuniga yetkaziladi.
Prezident Toshkent Sity xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan bino va inshootlarning bir-biriga uyg‘un bo‘lishi, dizayn jihatidan biri ikkinchisini to‘ldirishi kerakligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024