07:55 / 23.12.2017
15378

Ochiq koinotga birinchi bo‘lib ehtiyot moslamasisiz chiqqan fazogir hayotdan ko‘z yumdi

Foto: NASA

Insoniyat tarixida ochiq koinotga birinchi bo‘lib ehtiyot moslamasisiz chiqqan amerikalik fazogir Bryus Makkendless 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda NASA koinot agentligi xabar berdi.  

“Bizning o‘ylarimiz va duolarimiz Bryusning oilasi bilan. U boshqariluvchi moduldagi parvozi surati bo‘yicha abadiy eslab qolinadi”, deb aytilgan xabarda.

Bryus Makkendless dastlab AQSh harbiy-havo kuchlari uchuvchisi sifatida xizmat qilgan, keyin esa NASA fazogirlari safiga kirgan. U, shuningdek, eng yirik koinot teleskopi “Xabbl”ning o‘rnatilishida ishtirok etgan. 

Fazogir 1984 yilda koinotga ilk parvozi vaqtida NASA tomondan maxsus yaratilgan, fazogirlarga koinotda harakatlanishga imkon beruvchi MMU qurilmasida ochiq koinotga chiqqan.

Makkendlessning kema bilan texnik aloqasiz erkin parvozi 6 soatga yaqinni tashkil qilgan. Fazogir kemadan 90 metr uzoqlashishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinroq NASA bu qurilmani xavfli deb topib, undan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan. 

Mavzuga oid
Top