Jahon | 15:43 / 23.12.2017
19060
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirovning Instagram va Facebook’dagi sahifalari yopib qo‘yildi

Foto: RIA "Novosti"

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ishlashdan to‘xtadi.

@kadyrov_95 sahifasiga kirishga urinish chog‘ida unga kirish mumkin emasligi haqidagi xabar kelib chiqmoqda. Shuningdek siyosatchining Facebook’dagi sahifasi ham ishlamayapti.

AQSh joriy haftada Qodirov va yana to‘rt nafar rossiyalikni "Magnitskiy ro‘yxati"ga kiritdi. Qodirovning o‘zi esa buni Qo‘shma Shtatlar unga butun umrini terrorizm bilan kurashga bag‘ishlaganini kechira olmayotgani bilan tushuntirdi. 

Checheniston hukumatining fikricha, Qodirovning akkaunti ishidagi nosozlik texnik muammolar bilan bog‘liq emas. "Bu Rossiyani haqqoniy ovoz, samimiy fuqarolik pozitsiyasidan mahrum etishga bo‘lgan navbatdagi urinish", - deya aytib o‘tgan Checheniston Respublikasining milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot bo‘yicha vaziri Jambulat Umarov.

Uning ishonch bildirishicha, Qodirovni to‘xtatishga yo‘naltirilgan istalgan harakat yuz minglab javob aksiyalariga sabab bo‘ladi. "Biz bundan keyin ham davlatimiz manfaatini barcha usullar bilan faol himoya qilishda davom etamiz, agarda lozim bo‘lsa, bizning yetakchimiz aytganidek, jang maydonida ham", - deya ma'lum qilgan vazir.

Mavzuga oid