20:50 / 24.12.2017
19878

Kiyevda harbiylar va Poroshenko tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi

Foto: Sergei Grits/AP

Kiyevdagi Mustaqillik maydonida millatchilar va Ukraina prezidenti maslahatchisi Yuriy Biryukov o‘rtasidagi bahs mushtlashuvga aylanib ketdi. Bu haqda Hromadske xabar tarqatdi.

Bu vaqtda hududda Poroshenko tarafdorlari Mixail Saakashviliga qarshi «Kofe na Kreshchatike» aksiyasi («Antimaydan») o‘tkazishayotgandi. Aktsiyaga mingdan ortiq kishi to‘plangan. 

Xabar qilinishicha, «Azov» bataloni a'zolari va boshqa harbiylar Biryukovdan «Mariupolni «Azov» emas, 72-brigada jangchilari ozod etgani haqidagi bayonoti»ni qaytarib olishni talab qilishgan.

Bunga javoban esa Biryukov unda «72-brigada jangchilariga ishonmaslik uchun asosi yo‘qligi»ni aytgan.

Shundan so‘ng aksiya ishtirokchilaridan biri «Azov» a'zosiga tashlangan va mushtlashuv boshlanib ketgan.

Qayd etilishicha, bu vaqtda Biryukovni tarafdorlari voqea joyidan olib ketgan.

Mavzuga oid
Top