O‘zbekiston | 09:10 / 24.12.2017
12937
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov boshlandi

Foto: fb.com/elections.uz2016

Ma'lumki, prezident taklifi bilan Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman Kengashlari ta'sis etildi. Shu vaqtgacha poytaxt tumanlarining fuqarolari bunday imkoniyatga ega emas edi. 

Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda Toshkent shahri aholisi ham o‘zlari saylagan vakillari orqali tumanlarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari sayloviga munosib nomzodlar saralangan. 11 tumanning har biriga 30 deputat saylanishi belgilangan. Poytaxtimizda 330 saylov okrugi tashkil etilgan bo‘lib, 855 saylov uchastkasi saylov qonunchiligida nazarda tutilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, zarur jihozlar bilan ta'minlangan.

O‘zA xabariga ko‘ra, ayni paytda mazkur saylov uchastkalari saylovchilar bilan gavjum bo‘lib bormoqda. 

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari deputatligiga 1 ming 650 nomzod ro‘yxatga olingan. Jarayonda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 siyosiy partiya, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z nomzodlari bilan faol ishtirok etmoqda. 

Mavzuga oid