13:47 / 25.12.2017
11084

5 mln so‘mlik anjomlar va tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan o‘n yoshli bola ushlandi

Zangiota tumanida yashovchi uy bekasi, 1969 yilda tug‘ilgan Nargiza Baxtiyorovaning (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyiga noma'lum shaxs, devordan oshib tushish yo‘li bilan kirib, uyidan umumiy narxi taxminan besh million so‘m bo‘lgan uyali telefon apparati, fotoapparati va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan, 2007 yilda tug‘ilgan Shahzod Nurillayev sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top