08:31 / 25.12.2017
7320

BMTning ikki yillik byudjyeti tasdiqlandi

Foto: Seth Wenig

BMTning 2018-2019 yillar uchun byudjyeti 5,395 mlrd dollarni tashqil qiladi. Bu haqdagi hujjat BMT Bosh assambleyasida qabul qilindi. 

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh yaqin ikki yil uchun 5,4 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ so‘ragan. BMTning byudjyeti 193 ta a'zo davlat hisobiga shakllantiriladi. To‘lovlar miqdori mamlakatning to‘lovchanlik qobiliyati, yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning o‘rtacha ko‘rsatkichidan kelib chiqib baholanadi. Bir davlatning to‘lovi tashkilot byudjyetining 22 foizidan oshmasligi lozim.

BMT byudjyetidagi eng katta ulush an'anaviy ravishda AQSh hisobiga to‘g‘ri keladi. AQSh BMT amalga oshirayotgan xarajatlar samaradorligini tanqid ostiga olishiga qaramay, byudjyetning 22 foizi miqdorida badal kiritadi. Yaponiya (9,6 foiz) va Xitoy (7,9 foiz)  BMTni moliyalashtirishda yetakchi davlatlardan hisoblanadi.  

AQShning yangi ma'muriyati BMTda islohotlar o‘tkazishni talab qilmoqda. Prezident Donald Tramp BMT borgan sari ko‘proq mablag‘ sarflayotgani, biroq samaradorligi pasayib borayotganini ta'kidlamoqda.

Mavzuga oid
Top