Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Faqat «Barselona». Pele kutilmagan bayonot berdi
Foto: Getty Images
Braziliyalik afsonaviy hujumchi Pele hozirgi paytda to‘p surganida, Yevropadagi qaysi klub tarkibida maydonga tushgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Murakkab savol. Shunchaki faraz qiladigan bo‘lsak, agarda men hozirgi vaqtda to‘p surganimda, faqat «Barselona» bilan shartnoma imzolagan bo‘lardim, sababi ushbu jamoa «Santos»ga o‘xshash uslubda to‘p suradi. O‘ylashimcha, Kataloniyada o‘ynash menga juda mos tushgan bo‘lardi», - deya aytib o‘tdi Pele RT’dagi Stan Collymore Show dasturiga bergan intervyusida.
Pelening ta'kidlashicha, «Barselona» forvardlari Lionel Messi hamda Luis Suares bilan osongina til topishib ketgan bo‘lardi. Shuningdek uning ma'lum qilishicha, jamoaga «Liverpul» va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutinoni olgan bo‘lardi.
Eslatib o‘tamiz, Pele Braziliyaning «Santos» va AQShning «Nyu-York Kosmos» jamoalarida to‘p surgan.
Mavzuga oid
11:47 / 13.02.2026
«Barsa» yirik hisobda yutqazdi, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026