Gvatemala prezidenti Jimmi Morales 24 dekabrda mamlakatning Isroildagi elçixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirişga qaror qilinganini ma'lum qildi.

“Bugun Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan gaplaşdim. Asosiy mavzulardan biri Gvatemala elçixonasining Al-Qudsga qaytarilişi böldi. Men taşqi işlar vaziriga bu xususda tegişli harakatlarni boşlaş böyiça körsatma berdim”, deb yozgan Morales Facebook’dagi sahifasida.

AQŞ prezidenti Donald Tramp dekabr oyi boşida Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olinişini e'lon qilib, AQŞning Isroildagi elçixonasini u yerga köçiriş haqidagi qarorni imzolagan. Trampning bu qarori Isroilda ijobiy qabul qilingan, biroq qolgan köplab davlatlarda salbiy munosabat uyğotgan.

BMT Boş assambleyasi 21 dekabrda AQŞning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oliş qarorining tan olinmasligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Ovoz beriş jarayonida hujjatni 128 davlat qöllab-quvvatlagan, 9 davlat, jumladan Gvatemala unga qarşi çiqqan, 35 davlat betaraf qolgan.