Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov xalq bilan muloqot qiliş, ularni qiynayotgan muammo va kamçiliklarni eşitiş, takliflarni örganiş maqsadida “Telegram” messenjeri orqali xalq bilan köprik örnatgan.

Surxondaryo viloyati aholisi Telegram messenjerida +998 (97) 350-18-47 raqami orqali öz murojaatlarini viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga yöllaşlari mumkin. Yöllangan murojaatlar, albatta, örganib çiqiladi va ularni yeçiş yöllari izlanadi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Şu örinda ta'kidlab ötmoqçimizki, fuqarolar murojaati va joylardagi muammolarni örganiş borasida zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş juda yaxşi samara beradi. Bu masalalarning öz vaqtida va tezkor hal etilişiga sabab böladi. Özbekistonning boşqa viloyatlaridagi hokim va ijro hokimiyati vakillari ham zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda öz faoliyatlarini amalga oşirişsa, maqsadga muvofiq bölar edi.