O‘qchi va Olmazorda yashovchi fuqarolarga yangi uylarda kvartira taklif qilindi
Poytaxtda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilishi tufayli buzilayotgan O‘qchi va Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar uy-joylari buzilishi boshlanishidan oldin turar-joy bilan ta'minlanadi. Bu haqda Toshkent hokimiyati xabarida aytilgan.
Fuqarolar o‘z xohishlariga ko‘ra Yashnobod tumanidagi yangi uylardan kvartiralarni yoki uy-joyning ikkilamchi bozorida kvartiralarni tanlashlari mumkin.
Shayxontohur tumanidagi O‘qchi va Olmazor mahallasi 1930-1950 yillarda qurilgan. 2015 yilda O‘zbekiston hukumati topshirig‘iga ko‘ra Toshkent shahri hokimi qarori bilan turar-joylar va boshqa obektlarni buzish, yuqorida ko‘rsatilgan mahallalarning qolgan qismida yashovchi oilalarni ko‘chirish belgilandi.
Shayxontohur hokimiyati maxsus komissiyasi tomonidan o‘sha yilda uyma-uy yurish chog‘ida ikkita mahallada 556 ta uy-joy joylashgani, 2276 oila ro‘yxatdan o‘tgani aniqlangan. Shu bilan birga, mahalla qo‘mitalari ma'lumotlariga ko‘ra, aslida 1297 oila istiqomat qilgan, qolganlar esa boshqa manzillarda yashagan.
Uy-joylarni buzish va oilalarni ko‘chirish bo‘yicha ishlar 2015 yilning bahorida boshlangan. 12 ta uy-joy butunlay buzildi, 88 tasi qisman buzildi, 329 oila ko‘chirildi. Ko‘chirish fuqarolarning yozma roziligi bilan ikkilamchi bozorda kvartiralar taqdim etish yoki xususiy uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini taqdim etish yo‘li bilan amalga oshirildi.
2016 yilda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ushbu hududda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazini qurish haqida qaror qabul qilindi, unga tadbirkorlar va banklarning 1 mlrd dollarlik mablag‘larini yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.
Buziladigan hududdan doimiy tarzda istiqomat qiluvchi oilalarni ko‘chirish uchun Tashkent City direksiyasiga Yashnobod tumanida 21 ta ko‘p qavatli uyni qurish uchun yer uchastkalari ajratildi. Ko‘p kvartirali uylarning qurilishi 2018 yilning may-iyun oylarida yakunlanishi rejalashtirilgan.
22 dekabr holatiga ko‘ra 96 oila yangi ko‘p kvartirali uylarning qurilishi yakunlanguniga qadar boshqa tumanlarda vaqtinchalik istiqomat qilish uchun tovon puli taqdim etilishiga rozi bo‘lgan. 75 oila bir oilaga 11,2 mln so‘mlik miqdorda ijara uchun tovon pulini oldi. To‘qqiz oilaga ularning xohishi bilan ikkilamchi bozorda kvartiralar tanlandi, 35 oila deyarli ko‘chirildi, 9 ta uy-joy butunlay buzildi, 6 tasi – qisman.
Uy-joylarni buzish ulardan doimiy tarzda yashovchi oilalarni butunlay ko‘chirish amalga oshirilgandagina amalga oshirilmoqda, deya ta'kidlanadi xabarda.
Mavzuga oid
07:53 / 16.10.2021
Tashkent City’dagi bog‘ xususiylashtiriladi
11:54 / 14.10.2021
Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi
12:45 / 18.08.2021
Tashkent City hududiga kirish pulli ekani konstitutsiyaviy tamoyillarga zid - XDP
16:42 / 13.07.2021