Fan-texnika | 15:09 / 25.12.2017
26676
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi messenjer ishga tushirilishi kutilmoqda

Foto: Fotolia

Rossiyaning Eastwind kompaniyasi direktori Bubnov Boris Gennadevich yangi ishlab chiqarilayotgan «Milliy messenjer» loyihasini namoyish etdi. Bu haqda u «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirgan.

Uchrashuv davomida Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlanishi va holati haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, «Milliy messenjer» mahsuloti, birinchi navbatda xavfsiz, kommunikatsiya uchun zamonaviy vosita, elektron shakldagi hamyonbop hamda qulay shahar xizmatlarini taqdim etuvchi ilova ekani alohida ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon mazkur loyihaning elektron hukumat uchun ahamiyatli tomonlari haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston uchun mazkur loyihani sinov tariqasida joriy etish masalalari yuzasidan qiziqish bildirildi.

Eastwind – Rossiyaning yirik ishlab chiqaruvchilari va dasturiy ta'minot yetkazib beruvchilardan biri bo‘lgan hamda faol rivojlanayotgan kompaniya. 

Mavzuga oid