08:40 / 26.12.2017
12756

240 kishi. Filippindagi fojia qurbonlari soni oshmoqda

Foto: C-IB.ru

Filippinda ko‘chkilar va suv toshqinlari oqibatida kamida 240 kishi halok bo‘ldi. Bu hodisalar «Tembin» to‘foni tufayli yuz berdi.

Bu haqda BBC xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, 100 dan ortiq inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Telekompaniyaning aniqlik kiritishicha, ayni damga kelib to‘fon taxminan 75 ming filippinlikni boshpanasiz qoldirgan. Shuningdek, tabiiy ofat infratuzilma va ko‘plab sholi maydonlariga jiddiy ziyon yetkazdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Filippin Respublikasida vayronkor toshqin va yer ko‘chishi yuz berib, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertega ta'ziya izhor etdi.

Top