20:20 / 26.12.2017
15495

Harri Keyn Messini ortda qoldirdi

Foto: Reuters

Londonning «Tottenhem» klubi hujumchisi Harri Keyn Angliya chempionatining 20-turi doirasida «Sauthempton»ga qarshi kechgan uchrashuvda het-trik qayd etdi va joriy yilda urilgan gollari sonini 56taga yetkazib, Yevropa chempionatlari doirasidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.

«Tottenhem» - «Sauthempton» uchrashuvi Londondagi «Uembli» o‘yingohida bo‘lib o‘tdi va maydon egalarining 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

U birinchi bo‘lim boshida gol urib, Angliya premer-ligasi tarixida 1995 yili Alan Shirer tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Shirer «Blekbern» safida bir kalendar yili davomida 36 gol urgan holda rekordchi bo‘lib turgandi.

24 yoshli angliyalik hujumchi birinchi bo‘lim davomida yana bir gol urdi va Lionel Messini ortda qoldirgan holda Yevropa chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Bu uning joriy yilda urilgan 55-goli edi (klub va terma jamoa safidagi barcha musobaqalar doirasida). Messi bu yilda boshqa o‘ynamaydi va Keynni ortda qoldira olmaydi.

«Tottenhem» hujumchisi ikkinchi bo‘limda yana bir gol urdi va Angliya premer-ligasidagi yana bir rekord o‘rnatdi. U chempionat tarixida bir yilda sakkiz marta het-trik qayd etgan ilk futbolchidir.

Mavzuga oid
Top