11:27 / 26.12.2017
11739

Bolalar jurnalida Isroil noqonuniy davlat deb ataldi

Fransiyada chop etiluvchi bolalar jurnali Youpi’da Isroil noqonuniy davlat deb ataldi va Shimoliy Koreyaga qiyoslandi. Bu haqda i24news telekanali xabar bermoqda. 

Jurnaldagi ma'lumotlarga Isroilning Fransiyadagi elchisi Aliza Bin-Nun ham e'tibor qaratgan. U buni “kurakda turmaydigan holat” deb atagan va maqola antisemit kayfiyatlar keltirib chiqarishini aytgan. 

Gap shundaki, jurnaldagi maqolada dunyoda “davlat” deb tan olingan 197 ta davlat borligi aytilgan. Jurnal Fransiya, Germaniya va Jazoirni bunday davlatlar qatoriga kiritgan. Jurnalda ta'kidlanishicha, shu bilan birga dunyoda hamma davlatlar tomondan ham “davlat” deb tan olinmaydigan tuzilmalar bor bo‘lib, ular qatoriga Isroil va Shimoliy Koreya kiritilgan.

Fransiya yahudiy tashkilotlar kengashi rahbari Fransis Kalifa i24news bilan suhbatda jurnaldagi maqolani “siyosiylashgan” deb atagan va BMT 1948 yilda Isroilni mustaqil davlat deb tan olganini eslatib o‘tgan. U, shuningdek, jurnalni chop etuvchi kompaniyaga xatoni to‘g‘rilash va jurnalning keyingi sonida Isroil qanday davlat ekani haqida tushuncha berilishini talab qilib xat yo‘llagan.

Foto: Twitter.com
Mavzuga oid
Top