18:30 / 26.12.2017
49197

Foto: Orol fojiasi aks etgan surat

Qoraqalpog‘istonlik iste'dodli fotosuratchi Azamat Matkarimovning ijodiga mansub fotorasmlari global tarmoqda mashhurlashib bormoqda. Uning ijodiy asarlari xalqaro darajada nufuzli tashkilotlar bilan mutaxassislarga hamda ko‘plab fuqarolarga manzur bo‘lmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va boshqa qator tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan “Iqlim o‘zgarishi mening nigohimda ” xalqaro tanlovida uning “Orol dengizi ekologik fojiasining oqibatlari” fotorasmi sovrinli 3-o‘rinni egallagan edi.

Foto: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

Bu tanlovda dunyoning 60 ga yaqin davlatidan professional va havaskor fotograflar qatnashgan.

Top