Hyundai va Kia yaqin yillarda 40 ga yaqin elektromobil modelini bozorga chiqarmoqchi
Hyundai kompaniyasi yaqin 8 yil ichida bozorga 38 ta elektrokar modelini olib chiqmoqchi. 7 ta model 8 yil ichida paydo bo‘ladi.
Mashinalarning aksariyati to‘liq elektr modellar bo‘ladi. Hozirda Hyundai bir nechta “sof” avtomobillar sotmoqda. Ular orasida vodorod yoqilg‘isida ishlovchi Ionic, Kia Soul va ix35 modellari bor. Chiqariladigan modellardan bir qismi Hyundai Motor Group’ga qarashli Kia zavodlarida yig‘iladi.
Hyundai joriy yilning dastlabki 9 oyida 186 ming elektromobil sotdi. Biroq bularning barchasi raqobatchilardan o‘zib ketish uchun ozdir. Misol uchun, Volkswagen 2030 yilgacha ichki yonuv dvigatelidan to‘liq voz kechmoqchi. General Motors esa 20 ta modelining elektr versiyalarini ishlab chiqishini ma'lum qilgan. Xuddi shu yo‘nalishda Renault, BMW va Daimler kompaniyalari ketmoqdalar.
Mutaxassislar fikricha, Hyundai modellarini elektlashtirish bo‘yicha raqobatchilardan 3 yil ortda qolmoqda. Biroq kompaniya o‘z rejasini amalga oshira olsa, unda barcha uchun kutilmaganda yetakchilikni qo‘lga kiritadi, deb ma'lum qilgan Bloomberg.
Hyundai dekabr boshida Tesla Avstraliyada o‘rnatgandan kattaroq sig‘imli, eng yirik litiy-ionli batareyani qurmoqchiligini ma'lum qilgan. Bu batareya sig‘imi Tesla’nikidan 50 foizga ko‘proq bo‘lib, 150 MVt ni tashkil qiladi. Batareya 2018 yil boshida tayyor bo‘lishi kerak, u Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
08:20 / 07.09.2024
Farg‘onada yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi
11:36 / 24.10.2023
Hyundai Saudiya Arabistonida yiliga 50 mingtacha avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod quradi
11:17 / 13.07.2023
7,3 ming dollardan boshlanadigan narx - Hyundai Exter krossoveri taqdim etildi
11:45 / 18.10.2022