20:40 / 26.12.2017
13127

Ikkita elektrichka bosib ketgan yigit tirik qoldi

Foto: DPA

Germaniyaning Daxau shahrida yashovchi 24 yoshli yigit temir yo‘l izlariga yiqilib, uning ustidan ikkita elektrichka o‘tib ketgandan keyin ham tirik qoldi. Bu haqda Sueddeutsche Zeitung nashri xabar bermoqda. 

Ikki qo‘li va oyog‘idan ajragan yigit ertalab o‘z poyezdini kutayotgan 2 yo‘lovchi tomondan aniqlanmaguncha izlarda yana 40 daqiqacha yotgan. 

Politsiya va shifokorlar yetib kelganda yigit hali hushida bo‘lgan. U Myunxendagi shifoxonaga barqaror holatda yetkazilgan. Yigitning hayoti xavf ostida emas.

Kuzatuv kameralari tahlil qilinganda jabrlanuvchi tonggi soat 4da stansiyaga zinalar orqali tushgani, chayqalgancha perron chekkasigacha borib, so‘ngra muvozanatini yo‘qotib, relslar ustiga tushgani aniqlangan. Yigitning qonida 1,8 promille miqdorida alkogol aniqlangan.

Elektrichkalar haydovchilari tonggi g‘ira-shirada relsda yotgan mast yigitni payqashmagan va uning ustidan bosib o‘tib ketishgan.

Mavzuga oid
Top