00:10 / 26.12.2017
10917

Isroil bir nechta davlat bilan Al-Quds bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Foto: RIA Novosti

Isroil Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi masalasi bo‘yicha 10 dan ko‘proq davlat bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Tsipi Xotoveli ma'lum qildi.  

Xotovelining aytishicha, bunday davlatlardan bir nechtasi Yevropada joylashgan. U qaysi davlatlar AQShning Al-Quds bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlayotganiga aniqlik kiritmagan. 

Xotoveli “Gaarets” nashri bilan suhbatda muzokaralar birinchi navbatda elchixonalarning Al-Qudsga ko‘chirilishi emas, balki Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi haqida ketayotganini aytgan.

Nashrning yozishicha, “isroillik diplomatlarining taxminicha, AQSh va Gvatemala kabi qaror qabul qiladigan davlatlardan biri Honduras hisoblanadi”.

 

Mavzuga oid
Top