12:21 / 26.12.2017
11883

KXDR yangi sun'iy yo‘ldoshni yaratdi – OAV

Foto: AP

Shimoliy Koreya yangi sun'iy yo‘ldoshni yaratdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Chunan Ilbo" gazetasi razvedkadagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sun'iy yo‘ldosh "Kvanmenson-5" ("Yorqin yulduz") deb nomlangan. Batafsil ma'lumotlar hamda texnik xususiyatlar keltirilmagan.

"Kvanmenson-4" sun'iy yo‘ldoshining shu nomdagi raketa-tashuvchi bilan avvalgi sinov parvozi 2016 yilning 7 fevral kuni Pxyonan-Pukto viloyatidagi Soxe kosmodromidan amalga oshirilgandi. Ushbu sinov tufayli Koreya yarim orolidagi vaziyat yanada keskinlashdi.

Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari ma'lumotlariga ko‘ra, bu raketa - "Inxa-3" ("Somon yo‘li") tashuvchisining yaxshilangan modifikatsiyasidir. 

Mavzuga oid
Top