Markaziy bank: Konvertatsiya borasida hech qanday cheklovlar, ortga qaytish bo‘lmaydi
O‘zbekistonda valyuta bozorining liberallashuvi borasida ortga yo‘l yo‘q. Tadbirkorlarning banklardan valyuta xarid qilishlarida hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi. XPK sessiyasida ishtirok etgan Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov valyuta bozorining liberallashuvi mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarning muhim bosqichi ekanini ta'kidladi.

“Biz valyuta liberallashuvini amalga oshirmasdan iqtisodiyotning boshqa sohalarini liberallashtira olmasdik. Natijalar esa ma'lum. Endilikda tadbirkorlar xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin.
Avvallari tadbirkorlar o‘zlarining valyuta tushumlarini belgilangan kurs bo‘yicha zarar ko‘rgan holda sotishga majbur bo‘lishardi. Import qiluvchilar ham belgilangan kurs bo‘yicha xorijiy valyutani o‘z zarariga yuqori narxda xarid qilardi.
Tadbirkorlarga nimani qanday amalga oshirishni buyruq berish bilan biror natijaga erishib bo‘lmaydi. Ular har doim foyda bor joyda bo‘lishadi. Shunday ekan, endilikda, valyuta bozori liberallashuvi ularga keng imkoniyatlar bermoqda”, - dedi Timur Ishmetov.
Uning aytishicha, kelgusida valyuta savdolari hajmi oshishi kutilmoqda. Chunki tobora ko‘proq tadbirkorlik sub'yektlari valyuta ehtiyojlarini banklar orqali ta'minlamoqda. Shu bilan birga, MB raisining birinchi o‘rinbosari aholi orasida valyuta amaliyotlarini aynan banklarda amalga oshirish borasida ishonchni yanada kuchaytirish lozimligini ham uqdirdi.
“Valyuta oldi-sotdi amaliyotlari o‘tgan davr bilan qiyoslansa, 1,5 baravar ortdi. Odatda valyuta amaliyotlari oshdi, deyilganda zaxiralar kamaygan, deb tushuniladi. Ammo bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. O‘zbekistonda valyuta zaxirasi 1,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu banklarning valyutani sotishi va xarid qilish o‘rtasidagi farqni anglatadi. Ya'ni, banklar 1,1 mlrd dollarga teng valyutani sotib olgan. Bu hol qora bozorda bo‘lgan valyutalarning bir qismi banklar aylanmasiga qo‘shilganini anglatadi.
Shu bilan birga, tadbirkorlarning hukumat olib borayotgan islohotlarga ishonchi ortganini bildiradi. Qayd etish kerak, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralarini shu yo‘l bilan ko‘paytirishni rejalashtirayotgani yo‘q. Buni qanday tushunish kerak? 2-3 oy mobaynida xarid qilingan valyutalar keyingi 2-3 oyda sotiladi. Masalan, sentabr-oktabr oylarida banklar ko‘proq valyuta sotib olgan bo‘lsa, endilikda tadbirkorlar avvallari qora bozordan xarid qilgan valyutasini banklardan olmoqda va o‘z-o‘zidan banklar sotayotgan valyuta miqdori ko‘payib bormoqda”, - deya valyuta amaliyotlariga oydinlik kiritdi Timur Ishmetov.
U, shuningdek, tadbirkorlar orasida valyuta amaliyotlariga ishonqiramay qarayotganlari, barcha aylanma mablag‘larini davlatga bildirib, ulardan soliq to‘lashni boshlaganidan keyin valyuta sotish to‘xtab qolmaydimi, degan xavotirlar ularni qiynayotganini ta'kidladi.
“Biz bu borada ko‘p ish qilishimiz kerak. Ammo imkoniyatdan foydalanib tadbirkorlarga shunday bayonot bermoqchimanki, bizda orqaga yo‘l yo‘q. Valyuta oldi-sotdisida tadbirkorlarga hech qanday to‘sqinlik bo‘lmaydi. Qolaversa, orqaga qaytilsa, uning asoratlari davlat uchun juda salbiy bo‘ladi. Shunday ekan, deyarli bir yillik tayyorgarlikdan so‘ng, davlat boshlig‘ining siyosiy irodasi bilan shu ishga qo‘l urildi. Shu munosabat bilan hozir ham banklardan valyuta xarid qilishga ikkilanib turgan tadbirkorlarni ishontirib aytishim mumkin, valyuta oldi-sotdisida hech qanday cheklovlar va ortga qaytish bo‘lmaydi”, - deya ta'kidladi Markaziy Bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi
Jahon | 12:30
-
Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi
Iqtisodiyot | 12:20
-
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi
Jahon | 12:10
-
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:03 / 19.02.2025
Olti hududda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:00 / 15.02.2025