10:35 / 26.12.2017
7052

«Sovg‘am bor» - Qo‘lbola qurolga ega shaxs Argentina prezidenti qarorgohiga kirishga urindi

Argentinalik politsiyachilar mamlakat prezidenti Maurisio Makrining qarorgohi hududiga kirib olmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga olishdi. Tintuv chog‘ida uning yonidan qo‘lbola o‘q otar qurol topilgan. Bu haqda Todo Noticias xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, u Buenos-Ayres chetida joylashgan qarorgoh binosining chiqish qismlaridan biri yaqiniga avtomobilda kelgan. U prezident bilan uchrashmoqchi ekani va unga «ba'zi sovg‘alar» qoldirmoqchiligini ma'lum qilgan.

Qurol va patronlar esa uning mashinasidan topildi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida noma'lum shaxs Vashingtondagi Oq uy hududiga panjaradan oshib o‘tib, kirib olishga uringani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid
Top