Mamlakat qişloq xöjaligi tizimida köp yillar samarali mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qöşgan va xalq hurmatiga sazovor bölgan Özbekiston Qahramoni Avaz Ergaşev şu yil 25 dekabr kuni vafot etdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev va hukumat a'zolari ta'ziya izhor etişdi. 

Avaz Ergaşev

A.Ergaşev 1949 yilda Jomboy tumanida tuğildi. Faoliyati davomida Jomboy tumanidagi jamoa xöjaligida brigada boşliği, boş agronom va xöjalik raisi vazifalarida, şuningdek, «Jomboy don» aksiyadorlik jamiyati, tuman maşina-traktor parkida rahbarlik lavozimlarida mehnat qildi. 2009-2015 yillarda Jomboy tumanidagi «Avaz agro hosil» fermer xöjaligi boşliği sifatida samarali faoliyat olib bordi. 
  
A.Ergaşev özining köp yillik faoliyati davomida paxtaçilik, ğallaçilik, çorvaçilik va qişloq xöjaligining boşqa tarmoqlarini rivojlantirişga munosib hissa qöşdi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida Özbekistonda fermerlik harakatini taşkil etiş, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, köp tarmoqli fermer xöjaliklarini şakllantiriş borasida fidokorona mehnat qildi. Uning rahbarligidagi fermer xöjaligi qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş böyiça viloyatda eng yuqori körsatkiçlarga erişib kelgan.

A.Ergaşev sönggi yillarda nafaqada bölişiga qaramasdan, jamoat işlarida faol iştirok etib, qişloq va mahallalarni obod qiliş, yoşlarni vatanparvarlik va istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş, agrar tarmoqni rivojlantiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişda yuqori hosildorlikka erişiş borasida özining maslahat va yordamini ayamay, aholi örtasida yuksak obro‘-e'tiborga ega edi.

Uning köp yillik samarali mehnati davlat tomonidan munosib taqdirlanib, Özbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan edi.