Avstraliyalik baliqçi Menning daryosida uç metr keluvçi homilador «buqa-akula»ni  (Carcharhinus leucas) uşladi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda.

Baliqçining sözlariga köra, bu uning ovlagan eng yirik hayvonidir. U uç metrlik yirtqiçni Yangi Janubiy Uelsda dösti bilan birga uşlagan. Baliqçilar ştatning sohaviy Departamenti uçun kiçik baliqni tutişni, "uni belgilab qöyib, söng qöyib yuborişni" rejalaştirişgan edi.

Baliq ovi boşlanganidan taxminan bir soat ötib, ular qarmoq pökagi qimirlayotganini sezib qolişdi. Avvaliga kiçik akula uşlangan, deb öylaşdi hamda uni çiqarib olişga urinişdi. Biroq “ölja” ança katta ekanini tezda tuşunib yetişgan.

"Biz hayratdan qotib qoldik. Bir-birimizga qarab, u naqadar katta ekanini tuşundik. Biz bu işni oxiriga yetkaziş lozimligini yaxşi anglab turardik", - deya ma'lum qildi baliqçilardan biri.

Xabar qilinişiça, dengiz yirtqiçini “uşlaş” uçun ular taxminan 45 daqiqa vaqt sarflaşgan. Baliqçilar akulani çiqarib olişganidan keyin esa, u homilador ekanini bilişdi. Ikki baliqçi akulani erkinlikka qöyib yuborgan.