Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning uchta shahri Pentagonni sudga berdi
Foto: Jason Reed / REUTERS
AQShning Nyu-York, Filadelfiya va San-Frantsisko shaharlari ma'muriyatlari Pentagonga qarshi sudga da'vo ariza berdi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.
Qonunga ko‘ra, mudofaa vazirligi harbiy xizmat vaqtida turli jinoyatlar uchun yoki sharmandalik bilan iste'foga ketkazilgandan keyin qurol sotib olish va unga egalik qilish huquqidan mahrum etilgan harbiylar ro‘yxatini Federal qidiruvlar byurosiga jo‘natishi kerak. Biroq shaharlar ma'muriyatlarining ta'kidlashicha, Pentagon o‘nlab yillar davomida bu majburiyatiga beparvo qarab kelgan.
Da'vo arizasida ta'kidlanishicha, aynan shu xato 5 noyabrda Sazerlend-Springs shahri cherkovida otishma sodir etgan jinoyatchiga qurol sotib olishga imkon bergan. Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir etgan Devin Kelli 2012 yilda, AQSh harbiy-havo kuchlari safida xizmat qilganda maishiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha harbiy tribunal tomondan sudlangan va qurolga egalik qilish huquqidan mahrum etilgan.
Pentagon ushbu da'vo arizasini izohsiz qoldirdi. Adliya vazirligi esa jurnalistlarning ushbu holat bo‘yicha murojaatlariga rad javobini bergan.
Mavzuga oid
20:09
Eron rasmiylari Trampni Tehronga tahdidlari uchun tanqid qildi
19:02
Venesuela prezidenti AQSh bilan hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi
17:46
Tramp AQSh Erondagi namoyishchilarga «yordam berishga tayyor» ekanini aytdi
22:02 / 01.01.2026