26 dekabr kuni Angliya chempionatida «Boksing dey» boshlandi. Birinchi kuni 8ta jamoa ishtirokidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Haftalikning birinchi turidayoq «MYu» ochko yo‘qotdi, jamoa «Byornli»ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini 2:2 ko‘rinishiga keltirib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Sem Ellardays boshqaruvidagi «Everton» esa «Vest Bromvich»ga qarshi safar o‘yinida durang o‘ynadi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 7ta o‘yinga yetkazdi. Keynning 3ta rekordi qayd etilgan «Tottenhem» - «Sauthempton» uchrashuvida mezbonlar 5:2 hisobida g‘alabaga erishdi, Yurgen Klopp jamoasi o‘zining quvnoq o‘yinini davom ettirdi, «Liverpul» «Suonsi»ga javobsiz 5ta gol urdi. «Chelsi» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qatorasiga to‘rt mag‘lubiyatdan so‘ng «Uotford» «Lester»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi, «Bornmut» - «Vest Hem» uchrashuvida 6ta gol urildi - 3:3.
Bugun «Manchester Siti» «Nyukasl» bilan, «Arsenal» – «Kristal Pelas»ga qarshi o‘ynaydi.
Angliya chempionati
20-tur
Tottenhem – Sauthempton 5:2 (2:0, 3:2)
Gollar: 1:0 – 22 Keyn, 2:0 – 39 Keyn, 3:0 – 49 Alli, 4:0 – 51 Son Xin Min, 4:1 – 64 Bufal, 5:1 – 67 Keyn, 5:2 – 82 Tadich.
Tottenhem – Loris, Ore, Sanches, Vertongen, Rouz, Dayyer, Dembele (Sissoko, 54), Eriksen, Alli (Uinks, 84), Son Xin Min (Lamela, 76), Keyn.
Sauthempton – Forster, Stivens, Yosida, Xudt, Targett (Makkuin, 77), Romeu, Bufal, Xeyberg, Lemina (Gabbyadini, 63), Redmond (Tadich, 63), Long.
Ogohlantirishlar: Heyberg (21), Long (58).
Haddersfild – Stok Siti 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 10 Ins, 1:1 – 60 Subhiy.
Haddersfild – Lessl, Smit, Yorgensen, Shindler, Leve (Meloun, 83), Muy, Xogg, Kvaner, Ins, van La Parra (Lolli, 62), Mune (Depuatr, 62).
Stok Siti – Batlend, Edvards, Shoukross (Subhiy, 32), Zuma, Vimmer, Fletcher (Adam, 76), Kemeron, Shakiri (Diuf, 65), Allen, Shupo-Moting, Krauch.
Ogohlantirishlar: Shindler (59), Sobxi (60), Kemeron (69), Zuma (72), Diuf (76), Yorgensen (85).



















