17:08 / 27.12.2017
11981

Dubay politsiyasi haydovchini Instagram'dagi izohda jarimaga tortdi

Dubayda mashinani boshqarayotgan paytida smartfondan foydalangan haydovchi jarimaga tortildi. Politsiyachilar bu haqda qoidabuzarga Instagramdagi postga qoldirilgan izohda xabar berishdi, deb yozmoqda Gulfnews nashri.

Jarima miqdori 800 dirhamni tashkil etdi. Politsiyachilar qoidabuzarni boshqa haydovchilarning yordami bilan topishgan. Haydovchilar u mashinani boshqarayotgan paytida Instagramda to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani olib borayotgani haqida xabar berishgan.

Motor.ru’ning ta'kidlashicha, Dubayda «oq ball» - tartib bilan mashina boshqarganlik uchun rag‘batlantirish tizimi bor. Politsiya departamenti eng tartibli haydovchilarga sovg‘alar hadya qiladi. 2017 yilning bahorida ikki nafar eng yaxshi haydovchi tilladan tayyorlangan o‘yinchoq mashinalarni qabul qilib olgan.

Mavzuga oid
Top