Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimovning aytishicha, Suriyani tark etayotgan IShID terrorchilik guruhi jangarilarining katta qismi Liviya hamda Afg‘onistonga qochib o‘tmoqda.
«Ularning bir qismi o‘zlari noqonuniy ravishda kelgan mamlakatlarga qaytmoqda. Asosiy qismi Liviya, Janubi-G‘arbiy Osiyo davlatlariga o‘tmoqda. Afg‘onistonga, bu mamlakatni ham istisno qilib bo‘lmaydi – u yerda jangarilar uchun tayyor «poydevor» bor», - deya ma'lum qildi Gerasimov kp.ru’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari, armiya generali Valeriy Gerasimov kp.ru’ga bergan intervyusida Rossiya armiyasining Suriyada 2018 yildagi asosiy vazifasini ma'lum qilgandi.

















