18:47 / 27.12.2017
10576

Los-Anjyeles – Tokio reysi bortdagi «quyon» tufayli ortga qaytdi

Foto: Reuters

Tokiodan Los-Anjyelesga uchib ketayotgan samolyot parvozning qoq yarmida ortga burildi va parvoz qilgan aeroportiga qaytdi. Bu ekipaj yo‘lovchilardan biri reyslarni adashtirib yuborganini aniqlaganidan so‘ng ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Amerikaning KTLA kanali.

Yaponiyaning All Nippon Airways’sining NH175 reysi Los-Anjyelesdan soat 11.30da parvoz qilgan va oradan to‘rt soat o‘tib ortga burildi, hamda uchib ketgan aeroportiga soat 21.30da kelib qo‘ndi. Ikki shahar o‘rtasidagi parvoz davomiyligi odatda 11 soatu 28 daqiqani tashkil etadi.

Adashib qolgan yo‘lovchi aslida qayerga uchib ketishi lozim bo‘lgani haqida xabarlar yo‘q.

Los-Anjyeles politsiyasi qo‘nish chog‘iga tayyor holda turgan, FTB esa yo‘lovchilar bilan suhbat olib bordi. Bortda hammasi bo‘lib 150 kishi bo‘lgan.

Aviakompaniya yo‘lovchilardan uzr so‘radi, hodisani tekshirish ishlari davom etmoqda.

Top