Olimlarning bu xulosalari do‘konga pishloq uchun yugurishga majbur qiladi yoki aksincha, ishtahani buzadi. "Layfxaker" pishloq tarkibi, uning foydasi va zarariga doir maqolasini taqdim etdi.

Pishloqning foydasi

Kuchli qiladi

100 gramm pishloqda 25 gramm oqsil bo‘ladi, ular esa, mushaklar uchun "qurilish materiali" hisoblanadi, immunitetni oshiradi, o‘sish, rivojlanish va hujayralarning qayta tiklanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun mushak massasi to‘plashni niyat qilgan kishilar ko‘proq oqsil iste'mol qilishga harakat qilishadi.

Suyaklarni mustahkamlaydi

Organizmdagi kalsiyning taxminan 99 foizi suyaklar va tishlarda saqlanadi. Qolgan 1 foizi esa - qon va to‘qimalarda. Agar qonda kalsiy yetishmasa, organizm uni suyaklardan oladi. Bunday "kredit" uzoq davom eta olmaydi: suyaklar mo‘rtlashadi, osteoporozning rivojlanish xavfi oshadi.

Shuning uchun ratsionga kalsiyga boy mahsulotlar, shu jumladan, pishloqni kiritish muhim. 100 gramm pishloq kalsiy iste'molining kundalik normasini ta'minlay oladi: unda bu makroelement - taxminan 1000 milligramm. Aniq miqdor navga bog‘liq. Qattiq va yarim qattiq navlarda, masalan, parmezan, chedder va gaudda kalsiy ko‘proq.

Foto: Getty Images

Bundan tashqari, pishloq — D vitaminiga ega kam sonli mahsulotlardan biri. Xususan, u kalsiyni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi.  D vitamini odatda inson organizmida quyosh nurlari ta'siri ostida sintezlanadi. Shu bois qishning bulutli kunlarida uning qo‘shimcha manbalarini topish juda muhim.

Quvvat baxsh etadi

Pishloqda eritrotsitlar shakllanishida qatnashuvchi B12 vitamini mavjud. Bu qizil qon tanachalari to‘qimalar va organlarga kislorod yetkazib beradi. Shunday ekan, agar insonga B12 vitamini yetishmasa, hujayralarda kislorod yetishmovchiligi kuzatiladi, bu esa holsizlanish, parishonxotirlik va nafas olish bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Demak, erkin nafas olish uchun pishloq iste'mol qilish kerak ekan.