Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari, armiya generali Valeriy Gerasimov kp.ru’ga bergan intervyusida Rossiya armiyasining Suriyada 2018 yildagi asosiy vazifasini ma'lum qildi.
«Harbiy yo‘nalish bo‘yicha - «Jabhat an-Nusra» jangarilari va ularga yaqin bo‘lganlarni yo‘q qilish. Bu terrorchilik tashkiloti jangarilarining bir qismi keskinlikdan xoli hududlarda qolmoqda», - deya ma'lum qildi Gerasimov.
Uning ta'kidlashicha, Suriyada bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab guruhlar bor.
«Ba'zilari jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlamoqda. «Jabhat an-Nusra» - bunga qat'iy qarshi. Demak, ularni yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Gerasimov.
Shu bilan birga, Bosh shtab boshlig‘i ikkinchi vazifa sifatida «masalaga harbiy yo‘l bilan yechim topishni siyosiy tomonga o‘zgartirish»ni keltirgan.

















