O‘z ixtiyori bilan vataniga qaytgan, ekstremizm tufayli qidiruvda bo‘lgan shaxs sud tomonidan ochiqda qoldirildi
Buxoro shahar Orifon ko‘chasi 9-uyda yashagan, 1991 yilda tug‘ilgan M.Sh. ham ko‘p fuqarolar kabi, Rossiya Federatsiyasiga pul ishlash maqsadida jo‘nab ketgan edi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB.
U Moskva shahrida turli joylarda ishlab, o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha olmadi, uning mo‘maygina pul topish niyati chippakka chiqdi, bu orada ishlari yurishmagan M.Sh. yurtidan olisda, oilasidan yiroqda nazoratsiz qolib internet tarmog‘ida turli ekstremistik guruhlarning ta'siriga tushib qoladi. Yoshligi va qiziquvchanligi oqibatida u “Odnoklassniki” saytida o‘zining shaxsiy sahifasini ochib turli terrorchi tashkilotlar yollovchilari ta'siriga tushib, ular tomonidan tayyorlangan taqiqlangan materiallarni internet orqali o‘zining do‘stlari va tanishlariga tarqatib kelish bilan shug‘ullanadi.
Uning kirdikorlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘z vaqtida aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e'lon qilinadi.
Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan qidiruvdagi M.Sh.ni vatanga qaytarish maqsadida uning oila a'zolari va o‘zi bilan hozirgi kunda respublikada “sud-huquq” tizimidagi islohotlar, qolaversa, prezidentning diniy ekstremizm yo‘nalishda jinoyat sodir etib qidiruvda bo‘lgan, hozirda chet davlatlarda yashirinib yurgan fuqarolarni yashash manziliga qaytarish, ularni sog‘lom hayot kechirishlarini ta'minlash, adashib bu yo‘lga kirib qolgan fuqarolarimizga qonuniy yengillik berish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari yetkazildi.
Xayrli ishning o‘z samarasi bo‘lgani kabi, qidiruvdagi M.Sh. bilan telefon orqali suhbatlar va oila a'zolarining, ayniqsa, qarib qolgan ota-onasining chaqiruvlari bilan 2017 yil avgust oyida vatani Buxoroga qaytib keldi. M.Sh.ning Rossiya Federatsiyasidagi noqonuniy harakatlari yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari yakunlanib, unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborildi. Sud jinoyat ishi materiallarini to‘liq o‘rganib chiqib, M.Sh.ga nisbatan “qamoq” bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinladi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024