15:55 / 27.12.2017
12052

WhatsApp 2018 yilda ba'zi smartfonlarda ishlashdan to‘xtaydi

Foto: EPA

WhatsApp messenjeri ba'zi dasturiy tizimlarni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Bu haqda The Independent gazetasi xabar bermoqda.

"2018 yilning 1 yanvaridan xabarlar xizmatini Windows Phone 8.0 (yoki eskiroq versiyalarda), BlackBerry OS yoxud BlackBerry 10 dasturiy tizimiga ega telefonlarda ishlatib bo‘lmaydigan bo‘ladi", - deyiladi maqolada.

Kompaniya kelasi yilning oxiriga kelib Nokia S40 bilan ishlashni ham to‘xtatishni rejalashtirmoqda, 2020 yilga qadar esa Android 2.3.7 va undan yuqori bo‘lgan bazada ishlovchi smartfonlardan voz kechishni mo‘ljallagan. WhatsApp’dan aniqlik kiritishlaricha, qo‘llab-quvvatlovdan voz kechish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

"Garchi bu mobil qurilmalar tariximizning muhim qismi bo‘lgan bo‘lsa-da, ularda ilovamiz funksiyalarini kelajakda kengaytirish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar yo‘q", - deya kompaniyaning 2016 yildagi bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.

Kompaniya foydalanuvchilarga yangi Android, iPhone yoki Windows Phone’ga o‘tishni tavsiya qilmoqda.

Mavzuga oid
Top