3 noyabr kuni RF Içki işlar vazirligining Moskva oblastining Klin rayoni bölimi voyaga yetmaganlar işlari böyiça bölimi xodimlari özbekistonlik 6 yoşli Ruxşonani onasidan tortib olişgandi. Oradan 52 kun ötib, mutasaddilar qizaloqni özining onasi, Feruza Ötkirovaga qaytarişga qaror qildi. Bu haqda yurist Botirjon Şermatov Kun.uz'ga xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, avvalroq, RF Oila kodeksining 77-moddasida körsatilganidek, homiylik va vasiylik organlari bolani ota-onasidan darhol tortib oliş huquqini yuzaga çiqaradigan, bolaning hayoti yoki salomatligiga heç qanday tahdid yuzaga kelmagandi.

Şunga qaramay, Ruxşona Klindagi voyaga yetmaganlar uçun möljallangan «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida uşlab turildi. Onaizorning aytişiça, uşbu markaz xodimlari bir neça bor uni haqorat qilişgan va tahqirlaşgan, voyaga yetmaganlar bilan işlaş bölimi xodimi esa unga farzandini yaqin orada qaytarib qöliga ololmasligini aytib, tahdid qilgan. «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida yaşab turgan Ruxşonani ma'muriyat onasiga qaytarişni rad etib, qizaloqda muşt va qöl izlari topilganini vaj qilib, Ruxşonani ekspertiza tekşiruvidan ötişini talab qilişgandi.

«​Ekspertiza natijasidan söng, göyoki, onasi tomonidan tan jarohati yetkazilgan kabi iddaolar öz tasdiğini topmadi. Uning ahvoli yaxşi va onasi bilan birga»​, deydi Botirjon Şermatov.

Eslatib ötamiz, 3 noyabr kuni Feruza Ötkirova köçaga öz işlari bilan çiqib, qizaloğini tönğiç öğli (19 yoşli) bilan uyda qoldiradi. Öğlini zudlik bilan işxonasidan çaqirib qolişadi, u onasining uyali telefoniga qönğiroq qilib tuşa olmay, ilojsiz, singlisini uyda qoldirib, işiga jönaydi. Aftidan, aka şoşganidan u uy eşigini qulflaşni yodidan çiqaradi yoki Ruxşonaning özi eşikni oça oladi, lekin qizaloq köçaga çiqqan va uni politsiya bölinmasiga olib ketişgandi.