Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Jizzaxdagi Sangzor posti buzib tashlandi
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 «Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining 1014-kilometrida joylashgan «Sangzor-15» YPX olib tashlandi. Bu haqda Jizzaxdan «Kun.uz» muxbiri Akmal Binoqulov viloyat IIB YHX boshqarmasi matbuot xizmati bergan ma'lumotiga tayanib xabar bermoqda.
Ushbu muntazam YPX maskani qo‘shni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani bilan chegara hududda joylashgandi.
«Sangzor-15» muntazam YPX maskanining faoliyati viloyat IIBning ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilib, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani bilan chegara hududda joylashganligi va Samarqand viloyati hududidagi M-39 «Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining 1039-kilometrida joylashgan «Yuqori nuqta» muntazam YPX maskaniga yaqin joyda joylashganligi inobatga olinib uning faoliyati to‘xtatildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat aholiga, balki iqtisodiyotga ham katta salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini tanqid qilingan edi.
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat hududidagi 133 postdan 66tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:15 / 28.02.2026
Jizzaxda alimentdan qarzdorlar elga ovoza qilinyapti. Huquqiy davlatda bu to‘g‘rimi?
14:33 / 14.02.2026
Yashin tushdimi yoki AI mahsuli? Hokimlik O‘zgidromet xabarini rad etdi
09:33 / 14.02.2026
Forishda kuchli yomg‘ir oqibatida sel-suv oqimlari kuzatildi
10:05 / 03.02.2026