Jahon | 12:26 / 28.12.2017
12596
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda taxminan 100 nafar maktab o‘quvchisi zaharlandi

Foto: Shutterstock

Qirg‘iziston shimolida taxminan 100 nafar maktab o‘quvchisi bazmda is gazidan zaharlandi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Kegeti qishlog‘ida o‘rta maktabning 7-8-sinf o‘quvchilari sport zalida bazm tashkillashtirishga qaror qilishgan. Ular elektr energiyasi o‘chirib qo‘yilgani tufayli bazmni elektr generatori yordamida o‘tkazish va undan foydalanishga urinishdi, natijada sport zali tutunga to‘lib ketgan.

«Chuy viloyatining Kegeti qishlog‘ida taxminan 100 nafar maktab o‘quvchisi va to‘rt o‘qituvchi generator gazidan zaharlandi. Chuy hududiy shifoxonasiga chorshanba kuni bolalar va kattalar zaharlanish bilan ommaviy ravishda olib kelindi. Barchalarning tashxisi – is gazidan zaharlanish. Zaharlanganlardan olti nafari juda og‘ir ahvolda keltirildi, ular jonlantirish bo‘limiga yotqizildi», - deya xabar berishgan respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatidan.

Chuy hududiy shifoxonasi direktori Nurbek Abdurahmonovning xabar berishicha, hammasi bo‘lib 75 jabrlanuvchi olib kelingan, ulardan to‘rt nafari o‘qituvchilar.

Ta'kidlanishicha, olti nafar o‘quvchi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Mavzuga oid