00:53 / 28.12.2017
33778

«Milliy internet tanlovi»​. O‘zbekistondagi eng yaxshi saytlar e'lon qilindi

Foto: KUN.UZ

27 dekabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi «Yoshlar press-klubi»da «Milliy internet tanlovi» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Tashkilotchilar tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, tanlovga jami 405 anketa kelib tushgan. Shunday qilib, tanlovning 11 nominatsiyasi bo‘yicha 11 g‘olib aniqlandi.

1. Madaniyat va san'at sohasidagi eng yaxshi sayt - www.boqiybuxoro.uz (Rustam Ramazonov)

2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi sayt - www.GoTrip.uz (Sardor Sharapov)

3. Eng yaxshi yangiliklar sayti - www.kun.uz (Ma'rufjon Asqarov)

4. Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt - www.mahallakengashi.uz (Javlon Mannopov)

5. Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt - www.askdoctor.uz (Islombek Ibroximov)

6. Elektron kitoblar uchun yaratilgan eng yaxshi sayt - www.e-hilolnashr.uz (Bunyod Po‘latov)

7. Zamonaviy fan va ta'lim sohasidagi eng yaxshi sayt - www.mylab.uz (Shodlik Babajonov)

8. Elektron tijorat sohasidagi eng yaxshi sayt - www.kitoblardunyosi.uz (Ibrohim Malikov)

9. Ko‘p tilda yaratilgan eng yaxshi sayt - www.ilmiy-lugat.uz (Anvar Usmanov)

10. Eng yaxshi blog - www.qaraqalpaqstan.blogspot.com (Baurjan Botabayev)

11. Eng foydali mobil ilova - Ruscha-O‘zbekcha lug‘at (Shavkatilla Xamidjonov)

Ma'lumot uchun, «Milliy internet tanlovi» globallashuv sharoitida yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish hamda yurtimizdagi islohotlarni internet tarmog‘ida keng yoritishda yoshlar ishtirokini ta'minlashga qaratilgan yirik media loyiha hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top