21:40 / 28.12.2017
8805

Namanganda chin yetim va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yangi yil sovg‘alari ulashildi

Foto: Hokimyat matbuot xizmati

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasining markaziy arenasida “Mehr-muruvvatli elim” nomli navbatdagi xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahar hokimi Shavkat Abdurazaqov tadbir ishtirokchilarini yangi 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” bilan chin yurakdan qutladi hamda muhtaram Prezidentimizning mamlakatimiz Oliy Majlisiga murojaatnomasi aslida barchamizga yo‘llanganligini ta'kidladi hamda oldimizdagi yilda barcha hamshaharlarimizga g‘ayrat-shijoat tiladi.

Shundan so‘ng Namangan shahridagi maktablardan tashrif buyurgan 400dan ortiq chin yetim va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga kiyim-kechaklar va yangi yil sovg‘alari ulashildi.

Tadbir so‘ngida mahallalardan tashrif buyurgan 200dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga un, yog‘, go‘sht, guruch, shakar, makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda yangi yil sovg‘alari tarqatildi.

Tadbirda yil yakunlari sarhisob qilindi. Barcha sohalar bo‘yicha eng faol tashkilotlar rahbarlari turli nominatsiyalarda shahar hokimligi diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Top