Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev axborot va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha qonunlarga tuzatishlarni imzoladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Davlat rahbari tomonidan imzolangan qonun axborot va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan", - deyiladi xabarda.
Elektron resurslar egalariga o‘quvchilar bilan elektron raqamli imzo yoki sms-identifikatsiyadan foydalangan holda yozma shartnoma imzolash majburiyati yuklatiladi.
Foydalanuvchilar tomonidan ma'lumot haqiqiy ism-familiyalar yoki taxallus bilan joylashtiriladi. Shaxsiy ma'lumotlarni oshkor etish shartnomada belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Elektron axborot resursi egasi shartnoma imzolashda foydalanilgan ma'lumotni, uning amal qilish muddati davomida, shuningdek, u bekor qilinganidan so‘ng 3 oy mobaynida saqlashga majbur.

















