2018 yilda 2 yanvar – seshanba, 20 mart – seshanba, 31 avgust – juma kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonida keltirilgan.

Farmonga muvofiq, 2018 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi: 

6 yanvar - shanbadan 3 yanvar - chorshanbaga; 
17 mart - shanbadan 19 mart - dushanbaga; 
24 mart - shanbadan 22 mart - payshanbaga; 
25 avgust - shanbadan 23 avgust - payshanbaga; 
26 avgust - yakshanbadan 24 avgust - jumaga; 
8 sentabr - shanbadan 3 sentabr - dushanbaga; 
15 sentabr - shanbadan 4 sentabr - seshanbaga; 
29 dekabr - shanbadan 31 dekabr - dushanbaga.

Prezident matbuot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga sharh berdi.

O‘zbekiston Respublikasida aholining yashash farovonligi va turmush darajasini ko‘tarish, xodimlarning mehnat qilishi va dam olishiga qulay sharoitlarni yaratish, ularning yuqori ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, har tomonlama ichki turizm va oilaviy dam olishni rivojlantirilishi hisobiga mamlakatimizning tarixiy-madaniy boyligi, uning noyob tabiiy resurslari bilan chuqur tanishish uchun fuqarolarga imkoniyatlarni kengaytirilishi bo‘yicha izchil choralar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoni davlat bayramlari davrida, qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarga to‘liq va foydali dam olish uchun qo‘shimcha sharoitlarning yaratilishini ta'minlashga qaratilgan.

Shu maqsadda 2018 yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek ayrim dam olish kunlarini ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilishi amalga oshirilmoqda.

Natijada, 2018 yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko‘chirish orqali ta'minlanadi: