19:10 / 28.12.2017
15615
Reklama

Sifatli, hamyonbop, mustahkam: «HAKIM METALL STROY» - katta imoratlar qurishda munosib tanlov

Foto: HAKIM METALL STROY

Yangi yilda katta imorat qurishga bel bog‘ladingizmi? Uning asosini barpo qilishda qaysi materiallardan foydalanmoqchisiz? Ushbu maqola orqali siz o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli metall konstruktor haqida ma'lumot olishga muvaffaq bo‘lasiz.

Hozirgi kunda qurilish materiallari orasida metall konstruksiyalar dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Sababi, zamonaviy imoratlarning konstruksiyasida armatura yoki boshqa metall moslamalardan foydalanish qulay va ancha hamyonbopdir. Natijada, nafaqat mablag‘ tejaladi, balki bino karkasi qattiq va mustahkam bo‘ladi.

Metall konstruksiya – o‘ziga xos konstruksiya bo‘lib, undan qurilayotgan bino yoki inshootning karkasi yig‘iladi. Metall konstruksiyalari maxsus sanoat fabrikalari va zavodlarida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati har qanday murakkablikdagi jihozlarni yasash barobarida ularni qurilish maydoniga yetkazib berish xizmatini ham ko‘rsatadi.

Foto: HAKIM METALL STROY

O‘zbekistonda «HAKIM METALL STROY» MChJ metall konstruksiyalar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya sanaladi. Kompaniya bir necha yillardan beri, ko‘plab mijozlarga sifatli metall konstruksiyalarni yetkazib hamda o‘rnatib bermoqda. Shuningdek, kislovodsk va boshqa har xil modullar, angarlarni montaj va demontaj qilish ishlarini bajaradi. Jamiyat negizida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida «NURAFSHON SULTON METALL» MChJ tashkil etilgan.

Foto: HAKIM METALL STROY

Nima uchun metall konstruksiya?

Metall konstruksiyalar o‘lchami, tayyorlanish usuli, konfiguratsiyasi va qo‘llanilishi jihatidan farqlanadi. Metall konstruksiyalar, shuningdek, temir-beton konstruksiyalarga qaraganda qator ustun jihatlarga ham ega:

* ularning vazni yengilligi, 
* montaj hamda demontaj ishlarining qulayligi,
* quruvchilarga tashishning osonligi, 
* tezlik bilan tiklash imkoniyati.

Foto: HAKIM METALL STROY

Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab aynan shunday konstruksiyalardan yirik savdo markazlari hamda qisqa muddatlarda qurilishi talab qilingan ko‘plab binolar barpo qilinmoqda.

«HAKIM METALL STROY» tomonidan yaratilgan yirik savdo markazlari va zavodlar:

  • Namangan shahridagi “ART SOFT TEX” MChJga qarashli 17 ming kv.m yer maydoniga tekstil fabrikasi;
  • Jizzax viloyati Zomin tumanidagi zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan «JIZZAX POULTRY» QK MChJga qarashli tovuqxona fermasida metall konstruksiya ishlari.
  • Andijon shahrida dori-darmon ishlab chiqarish fabrikasi;
  • Guliston shahrida yangi uslubdagi zamonaviy “Guliston dehqon bozori”ning metall konstruksiyasi;
  • Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “BML-GROUP” QK MChJga qarashli tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi fabrika bino-inshootlari;
  • Toshkent shahri Algoritm dahasida barpo etilayotgan yirik savdo markazi;
  • Marg‘ilon shahri hamda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun yirik hajmdagi zamonaviy muzlatgich inshooti;
  • Katta hajmdagi angarlar (“arkaobraznyy”) va omborxonalar va h.k.
Foto: HAKIM METALL STROY

Mijozlar manfaati hamisha ustun!

Kompaniya nafaqat ma'lum bir turdagi konstruksiyalarni, balki buyurtmachi xohish-istagidan kelib chiqqan holda nostandart modellarni ham ishlab chiqaradi. Bunday ishlar, shubhasiz, maxsus chizmalar va texnik ishlanmalar yordamida amalga oshiriladi. aksar hollarda ishlab chiqarish va ularni o‘rnatish jarayoni buyurtmachilar taqdim etgan chizmalar asosida bajariladi.

Foto: HAKIM METALL STROY

Malakali mutaxassislar

Metall konstruksiyalarni loyihalash, ularni ishlab chiqarish va montaj qilish – bularning barchasi zamonaviy qurilish sohasining eng yosh, ammo istiqbolli yo‘nalishidir. Shunday ekan, har bir sohada bo‘lgani kabi bunda ham o‘z ishining ustalariga murojaat qilish foydadan xoli bo‘lmasligi sir emas. Shu sababli, «HAKIM METALL STROY» konstruksiyalari ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan yetuk mutaxassis va muhandislar tomonidan ishlab chiqariladi.

Foto: HAKIM METALL STROY

Asosiysi, hamyonbop narxlar

Siz metall konstruksiyalarni bozor narxidan arzon va kelishilgan narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘lasiz. O‘z ishining ustalari esa sizning buyurtmangizni yuqori sifatda bajarib berishi kafolatlanadi!

Yangi imorat qurishda ishonchli hamkor izlayotgan bo‘lsangiz, yuqori sifatli metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi «HAKIM METALL STROY» kompaniyasiga murojaat qiling.

Telefon: 
+998 90 907-09-52,
+998 99 887-09-52,
+998 90 740-23-32.

Xizmatlar litsenziyalangan! Mahsulotlar sertifikatlangan!

Reklama huquqi asosida

Top