Tojikistonda keksa ota-onasiga qarashdan bosh tortuvchilar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi
Tojikiston parlamenti 2017 yilning 21 dekabr kuni mamlakat Jinoyat kodeksiga tuzatishlarni qabul qildi, ular bilan keksa ota-onasi haqida qayg‘urishdan bosh tortayotgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi.
Bunga qadar shunday holatlarda 120 dan 180 soatga qadar bo‘lgan axloq tuzatish ishlari, 2 yilga axloq tuzatish ishlari, yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.
So‘nggi yillarda mamlakatda iqtisodiy vaziyat yomonlashib borayotgani tufayli ota-onalar o‘z farzandlaridan aliment talab qilib sudga murojaat etayotgan holatlar ko‘p uchramoqda.
Tojikistonning qonunchilik va inson huquqilari bo‘yicha parlament qo‘mitasi a'zosi Baxtovar Safarovning aytishicha, Tojikiston Jinoyat kodeksining 178-moddasi 2-qismi to‘ldirilgan («Farzandning mehnatga layoqatsiz ota-onasini boqishdan atayin bo‘yin tovlashi»). Tuzatishlarga ko‘ra, deya ta'kidlab o‘tgan u, sud tomonidan o‘z ota-onasini boqishga javobgar deb topilgan, biroq bundan atayin bo‘yin tovlagan shaxs 3 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
19:32 / 31.10.2024